O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Touhid Hussayn bilan uchrashdi.
"Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Touhid Husayn janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik", - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Diplomatik pasport egalariga viza talablarini bekor qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.
Muzokaralar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama masalalarning keng qamrovini o‘z ichiga oldi, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha umumiy intilishni ifoda etdi.











