Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonda paxta-bug‘doy-makkajo‘xori almashlab ekish tizimida kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurtga boy innovatsion tabiiy mineral o‘g‘it bo‘lgan poligalitdan foydalangan holda besh yillik dala tajribasi o‘tkaziladi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, fermerlarga amaliy tavsiyalar berishi kutilmoqda.
Loyiha O‘zbekiston va AEXA o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi hamda mamlakatning asosiy ekologik muammolaridan biri – tuproq sho‘rlanishini hal etishga ham katta hissa qo‘shadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AEXA bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida 2024 yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu boradagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan edi.











