Britaniyaning BBC mediakompaniyasi va inson huquqlari bo‘yicha "Mediazona" onlayn loyihasi Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi urushdagi yo‘qotishlari haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ular ko‘ngillilar guruhi bilan birgalikda Ukrainaga qurolli bosqin paytida halok bo‘lgan 133 117 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqladi.

Bu 5 sentabrda e’lon qilingan avvalgi hisobotdan 5000 kishiga ortiqroqdir. Hisoblash uchun ochiq manbalar, jumladan, matbuotdagi nekrologlar va ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan foydalanilgan.

Tadqiqotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 28 foizi urush boshlanganidan keyin armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolaganlardir. Mualliflarning ta’kidlashicha, bunday askarlarning ulushi o‘sishda davom etmoqda.

Qurbonlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda - koloniyalardan frontga jo‘natilgan mahkumlar.