O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlariga xorijiy fuqarolarni Study in Uzbekistan veb-portali orqali o‘qishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Belgilanishicha:
- veb-portal Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etiladi;
- veb-portal faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish xarajatlari Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining budjetdan tashqari mablag‘lari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlari veb-portalni joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi hamda shartnoma asosida xorijiy fuqarolar to‘lov-kontrakti hisobidan uch foizini Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga o‘tkazish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.











