Diplomatik vakolatxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, S.A. O‘zbekistondan 2015 yilda chiqib ketgan va Bahrayn fuqarosiga turmushga chiqqan. Oilaviy mojarolar sababli u O‘zbekistonga qaytarishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.

Murojaat o‘rganilganidan keyin unga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, mamlakatga qaytishi uchun Bahraynda istiqomat qilib kelayotgan faol vatandoshlar ko‘magida aviachipta olib berildi. U O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.