Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaota shahrida mushkul ahvolda qolgan ikki nafar vatandosh ayollar T.N. va Z.N. voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlar asosida va O‘zbekistonda e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida vatanga qaytishni ixtiyor etgan ikki nafar ona va bolalarining kelishi ta’minlandi.
Ayni paytda hamyurtlar yaqinlari bag‘riga sog‘-salomat yetib olgan.











