AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi narkokartellarga qarshi harbiy zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mamlakat ichidagi nishonlarga zarbalar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni zaiflashtirishga qaratilgan kengroq strategiya doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib CNN xabar berdi.
Shu bilan birga, jurnalistning Vashington rejim o‘zgarishini xohlaydimi, degan savoliga javob berar ekan, Oq uy rahbari: «Biz bu haqda gapirmayapmiz», dedi. «Ammo biz (Venesuela) yumshoq qilib aytganda, juda g‘alati bo‘lgan saylovlar o‘tkazgani haqida gapiryapmiz», — dedi Tramp 2024 yil iyulida ovozlarni soxtalashtirish bo‘yicha ayblovlarga ishora qilib.
So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar Karib dengizi mintaqasiga muhim harbiy kuchlarni joylashtirdi, bu Oq uyning bir qancha rasmiylariga ko‘ra, qisman Maduro uchun signal bo‘ldi.











