Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu «Harvest Group» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Almaz Alsenov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi va uchrashuvdan fotosuratlarni keltirdi.

Biroq, bir kun avval Nurtleu hibsga olingani haqida xabar bergan Orda nashri vazirlik iyul oyida xuddi shunday uchrashuv haqida xabar berganini va shunga o‘xshash fotosuratlarni ilova qilganini payqadi.

4 sentabr kuni Orda nashri Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, biznesmen Gadji Gadjiyev va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir nechta yuqori lavozimli xodimlari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Biroq, Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi ushbu xabarni rad qildi. «Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va biznesmen Gaji Gadjiyevning go‘yoki hibsga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi markaz xabarida.