Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellyatsiya arizasini topshirgan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) borishi kerak.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025 yil 21 avgustdan boshlanadi.