Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
  • 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
  • 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2025-2026 o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishi mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.