Ma’lum qilinishicha, yakunlangan o‘quv yilida maktab-internatini 60 nafar o‘quvchi bitirgan. Ularning barchasi test sinovlaridan yuqori natijalarga erishib, turli davlat oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylangan. Bitiruvchilarning 42 nafari davlat granti asosida, 18 nafari esa kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

Biz o‘quv yili boshidayoq ushbu marrani ko‘zlagandik va buni uddaladik. O‘quvchilarimning har biri men uchun qahramon”, degan maktab-internati direktori Odil Norov.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilgi test sinovlarida Navoiy shahridan 34 nafar maktab bitiruvchisi 189 ball to‘plab, 100 foizlik natijaga erishgan.