Unga ko‘ra, vazirlik tizimidagi dam olish maskanlariga vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining (7-14 yosh) iqtidorli o‘quvchilarini qabul qilish tartibi belgilandi.

Dam olish maskanlarida:

➖ vazirlik tizimi xodimlari hamda ilg‘or pedagoglar uchun — sentabr-may oylarida;
➖ iqtidorli o‘quvchilar uchun — iyun-avgust oylarida 12 kunlik dam olish kunlari belgilanadi.

Yo‘llanmalar saralash mezonlari asosida taqsimlanadi hamda eng yuqori natijalarga erishgan vazirlik tizimi xodimlari, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilarga ketma-ketlik asosida bepul yo‘llanma beriladi.

Maskanlarda dam oluvchi ilg‘or pedagoglar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

➖ xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
➖ o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
➖ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, SEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
➖ respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
➖ oliy va birinchi malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
➖ asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.

Maskanlarda dam oluvchi iqtidorli o‘quvchilar (7-14 yosh) quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

➖ asosiy olimpiadaning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida fanlar kesimida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;
➖ mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan o‘quvchilar;
➖ xalqaro tanlov, festival va musobaqa g‘oliblari;
➖ respublika darajasidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan turli ko‘rik-tanlovlar va musobaqalarning respublika bosqichi g‘oliblari.