Nizomga ko‘ra, ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ishlarni bajarish joyi xizmat ko‘rsatilayotgan asosiy ish joyidan tashqarida bo‘lsa, mazkur toifadagi xodimlarning 24 soatda bosib o‘tgan yo‘lining 8 soati bevosita ularning ish vaqtiga qo‘shiladi.

Poyezdlar harakati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan temiryo‘l transporti xodimlarining ish vaqtiga quyidagilar kiradi: 

🔹 ishga tayyorgarlik ko‘rish vaqti, shu jumladan, yo‘l-yo‘riqdan o‘tish vaqti; 
🔹 ishdan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti;
🔹 asosiy mehnat vazifalarini bajarishga bevosita sarflanadigan vaqti;
🔹 asosiy ish joyidan xizmat ko‘rsatilayotgan ish joyiga yo‘lovchi sifatida borish va undan qaytish hamda kutish vaqti;
🔹 xodimga bevosita bog‘liq bo‘lmagan holatlarda uning bo‘sh turib qolgan vaqti.