Qonunchilikda belgilangan asosiy mehnat kafolatlari quyidagilar:

budjet tashkilotlarda ishlaydigan, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ona (ota-ona/vasiy) uchun haftasiga 35 soatgacha qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi, ish haqi esa to‘liq ish vaqtidagi miqdorda to‘lanadi;

ish beruvchi homilador ayolning, shuningdek 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor) ota-onadan birining iltimosiga ko‘ra, tibbiy xulosa asosida to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart; 

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi; ushbu vaqt uchun davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.