Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, unitar korxona ishchisi o‘zaro kelishuv doirasida xaridorga qalbaki 8 ming AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, u mazkur qalbaki xorijiy valutani Kosonsoy tumanida yashovchi shaxsdan olgani aniqlanib, ushbu fuqarodan ham yuqoridagi kelishuv doirasidagi soxta 6 ming AQSh dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida yuqoridagi shaxs ushbu qalbaki valutalarni Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan olganligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











