Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan o‘zlarining xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pulli ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish ko‘zda tutilgan. 

Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.