Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025 yilning yanvar-aprel oylarida 122 384 dona har xil turdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

Ularning rusumlar bo‘yicha soni quyidagicha:

  • Cobalt – 44 747 dona;
  • Damas – 29 955 dona;
  • Onix – 15 236 dona;
  • Tracker – 14 092 dona;
  • Kia – 8 680 dona;
  • BYD – 4 267 dona;
  • Chery – 2 773 dona;
  • Haval – 2 634 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar – 12 983 dona.