Qamchiq dovonida 2 may kuni soat 03:10 da Shacman rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi

FVV ma’lum qilishicha, qutqaruv otryadi maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasini xandaqdan olib chiqqan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.