Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 yanvar kuni soat 22:02 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida mashina yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgani haqida «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari tezkor yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xandaqdan chiqarib, xavfsiz hududga olib chiqqan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.