Qamchiq dovonida 28 aprel kuni soat 15:40 larda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi. 

FVV ma’lum qilishicha, qutqaruv otryadi tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.