Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan surishtiruvlarda giyohvandlik moddalari tarqatilishi aniqlangan. Fuqaro bilan suhbatlashilganda har bir reklamasi uchun 2 ming so‘mdan pul olayotgani ma’lum bo‘ldi

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqildi va fuqaro MJtKning 56-prim 4-moddasi (giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) asosan aybli deb topildi.

Fuqaroga nisbatan BHMning 100 baravari (37,5 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.