Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakatga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni 228 ming 615 nafarni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Afg‘oniston birinchi o‘rinni egallab, mazkur davlatdan 205 ming 937 nafar fuqaro O‘zbekistonga biznes maqsadida tashrif buyurgan.

Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston - 16 ming 322 nafar va Tojikiston - 4 ming 320 nafar bilan qayd etilgan.

Shuningdek, hisobot davrida Qirg‘iz Respublikasidan 628 nafar, Qozog‘istondan 311 nafar, Rossiyadan 230 nafar va Turkiyadan 188 nafar fuqaro tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Boshqa davlatlardan tashrif buyurganlar soni esa jami 679 nafarni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ushbu davrda O‘zbekistonga biznes va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida kelgan xorijliklar orasida Afg‘oniston fuqarolari mutlaq ustunlik qilganini ko‘rsatmoqda.