Jumladan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.











