AQSh kongressi yangi moliyaviy yil uchun byudjyet yoki vaqtinchalik moliyalashtirish qonunini qabul etmasa, hukumat yana mablag‘siz qoladi. Oqibatda esa yuz minglab davlat xizmatchilarining maoshlari kechikadi, ular ishga chiqmaydi. Milliy bog‘lar, ayrim idoralar va davlat xizmatlari qisman yopiladi.
22 iyul kuni prezident Donald Tramp bu yil sentabrda yana hukumat shatdauni bo‘lishidan ogohlantirdi. Bunga sabab esa Senatdagi siyosiy qarama-qarshilik hamda qonun muhokamasini cho‘zish orqali uni qabul qilishni ham ortga surish bo‘lmoqda.
Ayni dam Vakillar palatasi shatdaun oldini olish uchun 4 dekabrga qadar hukumatni vaqtinchalik moliyalash rezolyutsiyasini qabul qildi. Lekin bu hujjat ishlashi uchun Senatda tasdiqlanishi kerak. Agar Senat tasdiqlasa va prezident uni imzolasa, sentabrdagi shatdaun xavfi vaqtinchalik bartaraf etiladi.
Hukumatning ishdan to‘xtashi siyosiy va iqtisodiy zararlarni keltirib chiqaradi. Lekin tomonlardan biri siyosiy foyda olishi ham mumkin, masalan respublikachilar “hamma ayb – demokratlarda” degan qarashni singdira olsa, saylov oldidan o‘ziga baho ishlaydi. Ammo, demokratlar buni uddalasa, ovoz mavsumi oldidan respublikachilar qiyin vaziyatda qolishi mumkin.
Eng ko‘p zararni esa albatta fuqarolar va federal xodimlar ko‘radi. Chunki ayrim davlat xizmatlari to‘xtaydi, ish haqlari kechikadi va davlat byudjyeti bilan ishlaydigan organlar falajlanadi. Buning oqibatida iqtisodiy noaniqlik ortadi.
Hozirgi muzokaralarga qaraganda ikkala partiya ham shatdaunni cheklab o‘tishga imkon qadar harakat qilmoqda.
Seshanba kuni - Vakillar palatasi hukumatni oraliq saylovlar davomida moliyalashtirishni davom ettirish chorasi bo‘yicha ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Senatdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tuyn vaqtinchalik moliyalash rezolyutsiyasi yaqin fursatda taqdim qilinishi ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson quyi palataning respublikachilar partiyasi boshchiligidagi rejasini olqishlab kelmoqda. Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchilari esa bunday muzokaralar uchun hali juda erta ekanini bildirishgan.
Turli strategiyalar ikki palata o‘rtasidagi asosiy bo‘linishni ko‘rsatdi, bu esa yaqinda qonunchilikdagi janjallarga rang berdi. Ikkala palatada ham tor respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ammo Senat aksariyat qonunlarni ilgari surish uchun 60 ovozlik chegara bilan kurashishi kerak, bu esa demokratlarning qo‘llab-quvvatlashini talab qiladi.
O‘tgan kuzda federal hukumat 43 kun davomida ishlamay qolgan va bu tarixdagi eng uzun shatdaunlardan biri edi.
Senatdagi mablag‘ ajratish qo‘mitasi raisi Syuzan Kollins CBS kanaliga shatdaun oldi olinishiga hozircha tomonlar rozi ekanini bildirdi.
Vakillar palatasi shu hafta oxirida Vashingtonni besh haftaga tark etadi. Shatdaun masalasi esa ular qaytadigan muddat avgust oxirigacha noaniq bo‘lib qoladi.
Quyi palata shatdaun oldini olish jarayoni orqali Pentagon uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni va boshqa bir qator ustuvor vazifalarni tasdiqlashga harakat qilmoqda.











