Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Arashansoy va Arashan buloq Chotqol tog‘ tizmasida Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlari hududida joylashgan.
Buloq atrofida Uzunko‘l, Yetimko‘l, Oynako‘l va eng katta ko‘l Tulporko‘l joylashgan.
Ko‘llarning joylashuvi bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ularning suv rangi, harorati va atrofidagi manzaralari turfa xil.
Eng yuqorida joylashgan Tulporko‘lning yoniga borgan odam o‘zini boshqa olamga tushib qolganday his qiladi. Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deganlaridek, ko‘rsatuvni ko‘rib bunga amin bo‘lasiz.
Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun










