Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida chiptalarni tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib haqiqiyligini tekshiradi. Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega yo‘lovchilarga poyezdga chiqish taqiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, yil oxiriga qadar kassalar orqali rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron (QR-kodli) ko‘rinishga o‘tishi rejalashtirilgan.











