Shu yilning 23-29 oktyabr kunlari Nukus shahrida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Mazkur xalqaro olimpiada O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada tashkil etiladi.

Olimpiada g‘oliblariga (O‘zbekiston fuqarolari) matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga kvotadan tashqari davlat granti asosida kirish huquqi beriladi. Mazkur huquq bakalavr bosqichini bitirgandan keyin 3 yil mobaynida saqlab qolinadi.