Bugun, 1 sentabr kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan, «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga vaqtinchalik yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda avtobus harakati tashkil etilgan:
«Do‘stlik metrosi-«Yangi O‘zbekiston» bog‘i»;
«Mashinasozlar metrosi-«Yangi O‘zbekiston» bog‘i».
Shuningdek, «Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi» yo‘nalishi jadvallari soni ko‘paytirilgan.











