Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportining havo hududi yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu sababli Uzbekistan Airways’ning quyidagi aviaqatnovlari zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan:
HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga;
HY 9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga;
HY 9613 reysi Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga.
Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportiga uchgan va «To‘liq yopiq osmon» rejimi joriy etilishi munosabati bilan zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan barcha havo kemalari muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi.











