19 avgust kuni Chirchiqda «Havo floti» kuni munosabati bilan Harbiy havo kuchlari aviashou namoyish etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tadbir soat 8:30 da Toshkent viloyatida joylashgan «Chirchiq» poligonida boshlanadi. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni munosabati bilan harbiy uchuvchilar tomonidan ko‘rgazmali aviachiqishlar tashkil etiladi.











