«Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Unda 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqich (3–7 yosh);
- 2-bosqich (7–10 yosh);
- 3-bosqich (11–17 yosh);
- 4-bosqich (18–21 yosh);
- 5-bosqich (22–30 yosh).
Qarorga ko‘ra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:
- mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida «Ezgu amal» saxovat karvonlari tashkil etiladi;
- «Amir Temur izdoshlari», «Jaloliddin Manguberdi vorislari» harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi;
- Yoshlar o‘rtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) «Shunqorlar» hamda «Vatanparvarlar» harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.










