292-referendum uchastkasi Baliqchining Sirmoq mahallasidagi Tibbiyot kollejida joylashgan. Maskan soat 8:00dan fuqarolar bilan gavjum bo‘ldi. Mahalladagioilalar, sinfdoshlar, bir ko‘chada yashovchilar to‘planib, birgalikda siyosiy tadbirga bormoqda.
Mahallada yashovchi Ibragimovlar oilasi 11 kishi bo‘lib ovoz bergani borishdi.
“Bugungi referendumga 4 nafar aka-uka, 4 nafar kelin hamda nabiralar bilan har bir kishi o‘zi uchun ovoz bergani keldik. Mana, ovoz berib, siyosiy tadbirga qatnashib chiqdik”, — deydi oila vakili Iftixor Ibragimov.
292-referendum uchastkasi raisi Komila Mamadiyevaning ma’lum qilishicha, fuqarolarning kayfiyati juda yuqori, ular ovoz berishga oilasi bilan, ko‘cha-ko‘cha bo‘lib tashrif buyurmoqda.
Viloyatdagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.











