«Uchastka komissiyalari ovozlarni hisoblashga kirishdi», — dedi u.
Yermanning so‘zlariga ko‘ra, referendumda 9,1 milliondan ortiq fuqaro ovoz bergan, bu barcha ovoz beruvchilarning 73,24 foizini tashkil qiladi.
«Referndumning dastlabki natijalari alohida e’lon qilinadi", – ma’lum qildi Yerman.
Referendumga qo‘yilgan konstitutsiya loyihasiga ko‘plab o‘zgartishlar, xususan, vitse-prezident lavozimini joriy etish, ikki palatali parlamentdan bir palatali parlamentga o‘tish, milliy huquqning xalqaro huquqdan ustuvorligini mustahkamlash kabilar kiritilgan.
Yexit Roll natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 86,7 foizi yangi loyihani qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan.











