2023 yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Ushbu Dastur asosida mamlakat hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy quvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.
Shuningdek, Dastur doirasida quyosh panellari o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.











