Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga go‘yoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytgan.
U Oltinko‘l tumani, “Ayshaxonim” MFY hududidagi 9 ta xonadonning elektr ta’minotini yaxshilash uchun yuqori kuchlanishdagi transformator o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 4,6 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











