Ta’mir ishlariga 1 mlrd 300 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Shuningdek, 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Buning uchun jami 2 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi.  

Bundan tashqari, 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. 11 ming tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 1300 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalanadi. 8500 dan ziyod qabriston va 400 ta ziyoratgoh obodonlashtiriladi.

Hashar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish, shuningdek avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. 

Ish beruvchilar tomonidan xodimlarni hasharga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.