Nashrning ma’lum qilishicha, MDH va Kavkazorti davlatlari shaharlari orasida 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan elektrokarlar soni bo‘yicha Tbilisi birinchi o‘rinda turibdi — 114 elektromobil. Possovet davlatlarining qolgan shaharlari (Boltiqbo‘yi davlatlari hisobga olinmaganda) Gurjiston poytaxtidan juda ortda. Tbilisidan keyingi o‘rinda Minsk joylashgan — u yerda 100 ming aholiga 63 ta elektrokar to‘g‘ri kelmoqda. Yerevanda — 45, Toshkentda — 33, Moskvada esa bor-yo‘g‘i 16 ta avtomobil.

Moskvani Rossiyaning boshqa shaharlari ham quvib o‘tgan: masalan, Novosibirskda elektromobillar bilan ta’minlanganlik darajasi poytaxtga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘proq — 31.

Moskva bilan bir qatorda Boku shahri bormoqda (15 elektrokar). Rossiya poytaxtidan kamroq ko‘rsatkich Bishkek (9) va Ostona (7), shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg (8), Qozon (7) va Yekaterinburg (0,4) shaharlarida qayd etilgan.

Kept’ning jahon reytingida yetakchi London shahri bo‘lib turibdi — bu yerda 100 ming aholiga 504 elektromobil to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda Nyu-York — 148 avtomobil.

Tadqiqotdagi ma’lumotlar 2022 yilning iyun oyi holatiga asosan tuzilgan.