IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs futbol klubi a’zosi, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi M.M. ekani aniqlangan.

M.M. ushbu jinoyatni futbol klubi jamoasi mashg‘ulotlar o‘tkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganidan foydalanib telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni o‘z qurilmasiga o‘tkazib, SMS-xabarnomalarni qo‘lga kiritish yo‘li bilan amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.