Toshkentdan Volgogradgacha temiryo‘l orqali bo‘lgan bo‘lgan masofa 2996 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 60 soat davomida harakatlanadi.
Bundan oldin Toshkent - Samara yo‘nalishida poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar berilgandi.
2022 yil 1 oktyabrdan haftaning shanba kunlari Toshkent - Samara - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd Toshkent vokzalidan shanba kunlari soat 19:05 da jo‘naydi va dushanba kuni kechqurun Samaraga yetib boradi. 2271 kilometrni tashkil qiluvchi yo‘l 49 soatdan biroz ko‘proq vaqtni oladi.











