Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu tadbirkorlik sub’yektlari ko‘p sonli murojaatlarini inobatga olgan holda «Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida takroran amalga oshiriladi.
Xarid summasining 1 foizi qaytarilgan (keshbek) cheklar bunda mustasno.
My.soliq.uz saytidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida «YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari» sahifasidan «Tahrirlash» bo‘limi tanlanadi.
Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma’lumotlar kiritilishi kerak: mahsulot nomi; miqdori; summasi; QQS; mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK); o‘lchov birligi; komitent STIRi.
Shundan so‘ng holat yuzasidan tushuntirishni ilova qilish kifoya. QQS hisoblashda tiyin nuqta orqali kiritiladi, chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi. Yakuniy bosqich – «Yuborish» tugmasini bosish.











