Rossiyada bir kunda 14 638 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu 6 apreldan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bir kun avval qayd etilganidan 5 078 taga ko‘pdir. Bir kun avval, 2 avgust kuni COVID-19'ning 9 560 ta yangi holati aniqlangan edi. Bu haqdagi xabar 3 avgust, chorshanba kuni Telegram’dagi «Stopkoronavirus.rf» kanalida e’lon qilindi. 

Kovid infeksiyasi yangi holatlarining eng katta o‘sishi Moskvada qayd etildi (plyus 5 720, 20 fevraldan beri maksimal ko‘rsatkich). Undan keyin - Sankt-Peterburg (plyus 1 781 ta holat) va Moskva oblasti (plyus 906 ta holat). 

Kasalxonaga yotqizilganlar soni 2 038 nafarni tashkil etdi, bu 2 avgustga nisbatan 3,9 foizga ko‘p. O‘tgan sutka davomida 43 kishi COVID-19 ta’siridan vafot etdi. 

Yozda COVID-19 bilan kasallanish xavfi ortdi. Buning sababi «omikron» shtammi yangi subvariantlarining tarqalishidir.