Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ma’ruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtga qadar Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent viloyati hokimiga qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlanishi munosabati bilan shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Angren shahar hokimi lavozimiga Nuriddin Abdurahmonov nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
N. Abdurahmonov Piskent tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi. Shu vaqtga qadar prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.











