Ta’kidlanishicha, mazkur farmon bilan Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun 10 yil muddatga (2022 yil 1 yanvardan - 2031 yil 1 yanvargacha):
- foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib;
- mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 1 foiz miqdorida belgilangan.
Bundan tashqari, zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan Investitsiya loyihalarining qiymati 4 barobar, ya’ni 50 milliard so‘mgacha kamaytirildi.
Shuningdek, eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 1 yanvardan - 2027 yil 1 yanvargacha:
- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog‘liq temir yo‘l transportida tashish xarajatlarining 50 foiz qismini qoplab berish;
- mahalliy eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etilgan.
Bundan oldin Qahramon Sariyev Nukusda yangi quriladigan kasalxona Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz berilishi haqida aytib o‘tgandi.











