Qayd etilishicha, 2021 yil 27-28 sentabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi.
Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) 2009 yil oktabr oyida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi - turkiy davlatlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish.
Turkiy kengashga Ozarboyjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kiradi. 2019 yilning kuzida O‘zbekiston ham ularga qo‘shildi.











