Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi Kobul - Toshkent - Kobul yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 tagacha oshiradi. Ilgari qatnov faqat shanba kunlari amalga oshirilgan.
2026 yil 2 iyuldan boshlab Kam Air seshanba, payshanba va shanba kunlari yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi.
Parvoz vaqti 1 soat 45 daqiqa, operator veb-saytidagi chiptalar narxi 365 AQSh dollaridan boshlanadi, parvozlar Boeing 737-300 samolyotlarida amalga oshiriladi.











