Toshkent shahar umumiy maydonining ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 2023 yilgacha 30 foizga yetkazish Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra ekilishi lozim bo‘lgan har qanday daraxt ko‘chatlari faqat ular ekilayotgan hududlarning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.
Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli bo‘lgan jamoat istirohat bog‘ini hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bog‘larini barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.











