Mazkur hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi. Munosabatda yozilishicha, holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limi shifokorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bundan tashqari, ayni paytda holat huquqni himoya qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.