Ma'lum qilinishicha, holat viloyat IIB xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganilgan. O‘rganish davomida, mazkur oilada muhit yaxshi emasligi, hokimiyat binosi oldida onasiga qo‘l ko‘targan O.Ximmatova muntazam onasiga tayziq o‘tkazib kelgani aniqlangan.

Jumladan, mahalla ahli va qo‘shnilar, Qarshi shahar «Shayxali» MFY 18-yotoqxonada yashovchi fuqaro O.Ximmatova onasi A.Mengayevaga doim ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazib kelganini, hatto issiq kunlarda uni nogironlar aravachasi bilan katta yo‘l yoqasiga chiqarib qo‘yganini aytishgan.

Qarshi shahar IIO FMB xodimlari qizi tomonidan muntazam tazyiq o‘tkazib kelingani uchun A.Mengayevaga himoya orderi rasmiylashtirib bergan.