Yaqinda xuddi shunday aksiya 1 avgustda avtomatlashtirilgan to‘lash tizimi joriy etilgan Guliston shahridagi jamoat transportida ham boshlanadi. Yil oxirigacha Sirdaryo viloyatining markazida ATTO kartasi bilan yo‘l haqi uchun to‘lash 10 foizga arzonroq, ya'ni har bir harakatlanish uchun 900 so‘m bo‘ladi.

Transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Click, Upay, Apelsin va boshqa to‘lov xizmatlarining mobil ilovalari, shuningdek kartalarni sotish shoxobchalarida to‘ldirishingiz mumkin. Bugungi kungacha 350 mingga yaqin transport kartalari, shu jumladan tarifli kartalar sotilgan.