Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.N. qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, u fuqaro D.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 10 000 AQSh dollar olgan. Keyinchalik 6 000 dollarni qaytarib, qolgan 4 000 dollar evaziga uni Avstraliyaga yuborishni va'da qilgan va 4 000 dollarni hozirgacha qaytarib bermasdan aldab kelgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.